Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
11 Sen 2026
16:24
📌 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA
🔹 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S. Allayorov deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida o‘zi saylangan mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, daromad manbalarini oshirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi tahlil qilindi.
🎯 Asosiy e’tibor — aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromadini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratildi.