Barcha yangiliklar
Doimiy komissiyalar qo‘shma yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 28179
Gallery image 28180
Gallery image 28181
Gallery image 28182
Gallery image 28183
Gallery image 28184
Gallery image 28185
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
11 Fev 2025
00:00

Doimiy komissiyalar qo‘shma yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilishda doimiy komissiya raisi va a’zolari, tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman prokuraturasi, mahalla uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Inson” markazi Jondor tumani bo‘limi mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig’lish kun tartibida Jondor tumanida 2024-yil mobaynida qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida tuman prokurori S.Sharopovning axboroti, Jondor tumanida 2024-yil mobaynida huquqbuzarliklarning va jinoyatchilikni oldini olish, ularning profilaktikasi holati hamda jamoat xavfsizligi yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Nosirovning hisoboti eshtildi.

Shuningdek yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori haqidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jondor tumanida 2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar muhoma qilinib tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati