Barcha yangiliklar
Hisobot tinglandi
Gallery image 238292
Gallery image 238293
Gallery image 238294
Gallery image 238295
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
11 Sen 2026
15:39

Hisobot tinglandi

Sessiyada ta’kidlanishicha, tumanda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasi 75 foizga (14 504 nafar bola) yetkazildi.

📌 Asosiy ko‘rsatkichlar va natijalar:
196 ta bog‘cha faoliyatda: 58 ta davlat, 130 ta oilaviy, 6 ta DXSh bog‘chasi va 1 ta Ilk rivojlanish markazi.

Uyshin, Bo‘zsolma, Namuna, Beruniy, Boyovul, Bo‘ston mahallalarida oilaviy bog‘chalar orqali qamrov to‘liq ta’minlandi.

Do‘stlik (240 o‘rin), Arnabo‘yi (150 o‘rin), Olmazor (120 o‘rin) va Farovon (90 o‘rin) MFYlarida zamonaviy davlat bog‘chalari foydalanishga topshirildi.

Deputatlar tomonidan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish hamda pedagog kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.