Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 238079
Gallery image 238080
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
11 Sen 2026
11:12

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
🔹 Mahallada jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar tahlil qilindi


📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi asosida “Bog‘iobod” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori O. Nuraliyevning faoliyati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash, profilaktik hisobda turuvchi hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holati tahlil qilindi.

🛡 Shuningdek, mahallada osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube