Barcha yangiliklar
#tuman_hokimi
Gallery image 238036
Gallery image 238037
Gallery image 238038
Gallery image 238039
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
10 Sen 2026
10:22

#tuman_hokimi

🔍Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligida tumanda amalga oshirilayotgan drayver loyihalar ijrosi o‘rganildi. Mazkur loyihalar aholi bandligini ta’minlash, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan.

🔍Jumladan, Adas mahallasida 1,4 kilometr ochiq kollektorni yopiq drenaj tizimiga aylantirish orqali 96 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etilib, 200 nafardan ortiq aholini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasida “Darg‘om” kanali bo‘yida biznes infratuzilmasi va zamonaviy sohilbo‘yi maskani tashkil etilmoqda. Loyihalar hududning iqtisodiy va turizm salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.