Barcha yangiliklar
#deputat_daftari
Gallery image 237938
Gallery image 237940
Gallery image 237942
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
09 Sen 2026
10:03

#deputat_daftari

 Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan komissiya a’zosi A. Mamadayev ishtirokida Tuman tibbiyot birlashmasining faoliyati o‘rganildi.

✔️ O‘rganish jarayonida mahallalardagi poliklinikalardan fuqarolarni davolanish uchun yuborish bo‘yicha DMED tizimiga kiritilgan arizalar va tegishli hujjatlarning holati, ularning ko‘rib chiqilishi hamda ijrosi o‘rganildi.

✔️ Shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va murojaatlarni ko‘rib chiqish holatlari tahlil qilindi.

✔️ Aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, nazoratga olingan masalalar deputat daftariga qayd etildi