Barcha yangiliklar
🤝 Xalq dardi — deputat e’tiborida!
Gallery image 237872
Gallery image 237873
Gallery image 237874
Gallery image 237875
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
24 Avg 2026
00:00

🤝 Xalq dardi — deputat e’tiborida!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova O‘zbekiston mahallasida ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, fuqaro Razzoqova O‘g‘iloyning murojaati yuzasidan xonadoniga borilib, uning muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi.

📝 Muloqot davomida fuqaro ixtisoslashtirilgan shifoxonaga davolanish uchun order olish, shuningdek, yuqori texnologiyali operatsiya o‘tkazish masalalarida amaliy yordam so‘radi.

🔎 O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olindi hamda “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

Har bir murojaat — e’tibor, har bir muammo — yechim sari qadam!
Xalq bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.