Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 237762
Gallery image 237763
Gallery image 237764
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
11 Sen 2026
09:30

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy mahallasi yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga takliflar bildirilib, muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ularning fikr va takliflari tinglanib, deputatlik nazorati doirasida ko‘tarilgan masalalarning ijrosini o‘rganib borish belgilandi.