Barcha yangiliklar
📍 Inson qadri — e’tibor va amaliy ko‘makda!
Gallery image 237681
Gallery image 237682
Gallery image 237683
Gallery image 237684
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
20 Avg 2026
00:00

📍 Inson qadri — e’tibor va amaliy ko‘makda!

2026-yil 14-avgust kuni Toshkent viloyati hokimi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda Bekobod tumani Dehqonobod mahallasida yashovchi fuqaro M. Abdullayeva o‘z murojaati bilan ishtirok etdi.
Murojaatda fuqaro I guruh nogironligi bo‘lgan farzandini davolatish uchun moddiy yordam so‘radi.
🤝 Murojaat yuzasidan ishchi guruh tomonidan xonadon o‘rganilib, oilaning yashash sharoiti Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov, deputat B.Begmatov, tuman hokimining o‘rinbosari X.Кurbаnova hamda tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish davomida oilaning mavjud sharoiti, murojaatda ko‘tarilgan masala va farzandning salomatligi bilan bog‘liq ehtiyojlar chuqur o‘rganildi.
🏥 Natijada farzandning salomatligini tiklash va davolanishi uchun tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
💚 Har bir murojaat — inson taqdiri.