Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 237615
Gallery image 237616
Gallery image 237617
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
10 Sen 2026
20:33

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudirii_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasidagi yangi kutubxona faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi, ayniqsa, yosh avlod vakillari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va mahallalarda ma’naviyat maskanlarini rivojlantirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik'” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tashrif buyurib, mahallada joylashgan kutubxona faoliyati bilan bilan tanishdilar.

Monitoring davomida yangi kutubxonaning kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mahalladagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish choralari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kutubxonaning elektron katalog tizimini yaratish, fondni yangi nashrlar bilan bosqichma-bosqich to‘ldirib borish hamda yoshlar o‘rtasida "Yosh kitobxon" tanlovlari va kitobxonlik kechalarini muntazam o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.