Barcha yangiliklar









ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
12 Fev 2025
12:55
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT VA MAHALLA HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Chinoz tuman kengashi deputati Lazizjon O'tkirov "Extirom" mahalla fuqarolar yig'inida bo'ldi va u yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan tanishdi. Shu bilan bir qatorda ushbu MFY da faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi vakillari bilan mahallada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar muhokama qilinib reja tuzib olindi.
Shundan so'ng mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan fuqarolarning muammolari o'rganildi va tegishli choralar ko'rildi. Kelgusida bir oyda kamida bir marotaba fuqarolar bilan sayyor qabul o'tkazilishi kelishib olindi.