Barcha yangiliklar
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA BIRLASHAYLIK
Gallery image 237592
Gallery image 237593
Gallery image 237594
Gallery image 237595
Gallery image 237596
Gallery image 237597
Gallery image 237598
Gallery image 237599
Gallery image 237600
Gallery image 237601
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
10 Sen 2026
20:15

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA BIRLASHAYLIK

#Biriktirilgan_tashkilot #ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida nazorat-tahlil va o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, Kotibiyat mudiri M.Xujanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Tavasharov, komissiya a’zolari A.Mamatmuratov, A.Narmuratov, A.Xaitova, D.Turopova hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov qatnashdilar.

O‘rganish jarayonida bo‘limda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatchilarining kasbiy malakasini oshirish va sertifikatlash, shuningdek, sohada shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tegishli me’yoriy hujjatlar va jurnallar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv davomida mas’ul xodimlarning hisobotlari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida faoliyat ochiqligi va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz