Barcha yangiliklar
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
Gallery image 237560
Gallery image 237561
Gallery image 237562
Gallery image 237563
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
10 Sen 2026
19:17

POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI

 POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–49-sonli qarori hamda «Og‘ir toifadagi mahalla» dasturi ijrosi doirasida Pop tumani Yangiobod mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan, zamonaviy mahalla binosini barpo etish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputatlari N.Abduraximov, Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov hamda mas’ullar ishtirok etdi.

Ushbu mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar uchun respublika byudjetidan 2 milliard so‘m, mahalliy byudjetdan esa 1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘lar hisobidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bir qatorda, aholiga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy va qulay mahalla binosini barpo etish ishlari olib borilmoqda.