Barcha yangiliklar
Ishtixon tumani deputati tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi o‘rganildi
Gallery image 28068
Gallery image 28069
Gallery image 28070
Gallery image 28071
Gallery image 28072
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
12 Fev 2025
10:53

Ishtixon tumani deputati tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Faxriddin Abdurazzaqov ishtirokida tumanning “Yo‘g‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand xonadonlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Faxriddin Abdurazzaqov, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar xolidan xabar olinib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” Dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.