Barcha yangiliklar
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Gallery image 237291
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
09 Sen 2026
00:00

Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Umid Ruziyev tomonidan Yashnobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

❗️So‘rovda “Shohsanam” MFYda yashovchi Xudoyarov Murod Kamalovichning og‘ir sog‘liq holati hamda shoshilinch jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji bayon etilgan.

📌Tibbiy xulosaga ko‘ra, fuqaroga mitral qopqoqni protezlash amaliyotini o‘tkazish tavsiya etilgan. Ayni paytda fuqaro va uning oilasi ijtimoiy yordamga muxtoj.

✅Shundan kelib chiqib, deputat tomonidan fuqaroning jarrohlik amaliyoti va davolanishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqish so‘raldi.