Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 237289
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
09 Sen 2026
00:00

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasi yettiligi bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati bilan tanishdi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolarining aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyati muhokama qilindi.

📋 Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.