Barcha yangiliklar



AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
04 Sen 2026
00:00
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ibrohim Rasulov «O‘rta Masjid» mahallasi hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
🗣 Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlari tinglanib, mahalladagi mavjud muammolar bevosita aholi ishtirokida o‘rganildi.
🔎 Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilot va mas’ullarga yetkazish, ularning yechimini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni belgilab olishga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan doimiy aloqani mustahkamlash, muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.