Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati T.Usmanov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Gallery image 237233
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
03 Sen 2026
00:00

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati T.Usmanov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Unda Yashnobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini hal etish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar atroflicha o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida mas’ul tashkilotlarning amalga oshirayotgan ishlari va mavjud holat tahlil qilindi;
🔹 xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi;
🔹 mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganish natijalari navbatdagi Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritilib, tegishli qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.