Barcha yangiliklar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
Gallery image 237202
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
27 Avg 2026
00:00

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ozoda Buzrukxo‘jayeva Iltifot mahallasida mahalladagi ijtimoiy xodim bilan uchrashib, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

🤝 Uchrashuv davomida reyestrga kiritilgan oilalar va fuqarolarning mavjud muammolari, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojlarini aniqlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, fuqarolar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.