Barcha yangiliklar
📊 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 237054
Gallery image 237055
Gallery image 237056
Gallery image 237057
Gallery image 237058
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
10 Sen 2026
14:21

📊 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputati Ishchanov Alibek Raximberganovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich ishtirokida â€œYangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida Ijtimoiyat mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
💰 Dastur doirasida Ijtimoiyat mahallasini rivojlantirish uchun 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘lar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda hududning ijtimoiy qiyofasini yanada obod qilishga yo‘naltirilgan.
📌 O‘rganish davomida quyidagi ishlarning holati ko‘zdan kechirildi:
✅ Mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash ishlari davom etmoqda;
✅ “Qadriyat” ko‘chasida zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish ishlari olib borilmoqda;
✅ “Ijtimoiyat” va “Istiqbol” ko‘chalarida 1,3 kilometr piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari davom etmoqda;
✅ “Ijtimoiyat”, “Istiqbol”, “Baynalmilalchilar”, “Uzumchi” va “Gulzor” ko‘chalariga 95 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda;
✅ “Yuksalish”, “Ehtirom” va “Uzumchi” ko‘chalarining 2,6 kilometr qismi shag‘allashtirilgan;
✅ “Baynalmilalchilar” hamda “Qadriyat” ko‘chalarining 3,1 kilometr qismida asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakunlangan.
O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan loyihaviy ko‘rsatkichlarga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.
📍 Deputatlik nazorati — Kengash qarorlarining amaldagi ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.