Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Gallery image 236980
Gallery image 236981
Gallery image 236982
Gallery image 236983
Gallery image 236984
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
10 Sen 2026
12:43

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi ZOOM platformasi orqali o‘tkazildi.
Yig‘ilish kun tartibidan Yoshlar ishlari agentligi Chilonzor tuman bo‘limining 8 oylik faoliyati yakunlari, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning muammolarini o‘rganish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda yoshlar bilan ishlashda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga zarur vazifalar belgilab berildi.