Barcha yangiliklar
Deputatlarning tashabbusli budjetdagi imkoniyatlari kengaymoqda
Gallery image 236969
Gallery image 236970
Gallery image 236971
Gallery image 236972
Gallery image 236973
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
10 Sen 2026
12:34

Deputatlarning tashabbusli budjetdagi imkoniyatlari kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-iyundagi PQ-243-son qarori bilan deputatlarning tashabbusli budjet jarayonida saylov okruglaridagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi imkoniyatlari kengaytirildi.
Unga ko‘ra, har bir deputatga bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish imkoniyati berildi.
Mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Miryunusov Alisher Habibullayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ahmedov Durbek Qudratullayevich bilan birgalikda tumandagi ijtimoiy obyektlar hamda tashabbusli budjet jarayonida g‘olib bo‘la olmagan loyihalarni o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida aholi uchun muhim bo‘lgan muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha takliflar belgilab olindi.