Barcha yangiliklar
KO‘PRIK QURILISHI JARAYONI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 236879
Gallery image 236880
Gallery image 236881
Gallery image 236882
Gallery image 236883
Gallery image 236884
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
09 Sen 2026
10:59

KO‘PRIK QURILISHI JARAYONI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 KO‘PRIK QURILISHI JARAYONI DEPUTATLIK NAZORATIDA

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov 11-Qo‘rqoncha saylov okrugi deputati Y.Aliyev bilan birgalikda Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Dehibolo mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandilar.

✅ O‘rganish davomida mahallada 18×7,5 metr o‘lchamdagi ko‘prik qurish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Ob’ektda olib borilayotgan ishlar, qurilishning belgilangan vazifalar asosida tashkil etilganligi va ishlarning borishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Mazkur ko‘prikning barpo etilishi mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, hududning ichki infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi ehtiyojlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

📌 Qaror ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish — belgilangan vazifalarning amaldagi natijasini baholash va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim deputatlik nazorati shaklidir.