Barcha yangiliklar
📚KITOBXONLIK — MA’NAVIYAT VA BILIM MANBAI
Gallery image 236842
Gallery image 236843
Gallery image 236844
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
09 Sen 2026
10:41

📚KITOBXONLIK — MA’NAVIYAT VA BILIM MANBAI

Yunusobod tumanining “Billur” mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

👥Tadbirda Toshkent shahar Kengashi raisi, senator R. Kalonov, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sh. Usmonov, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari A. To‘laganov, tuman Kengashi deputati I. Ashrapova, nuroniy otaxon va onaxonlar hamda yoshlar ishtirok etdilar.

📚Tadbir doirasida Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Mahalla-oila-kutubxona” hamda “Mahallam yoshlarini kitob o‘qishga qiziqtiraman!” loyihalari doirasida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

💬Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.

✨Tadbir davomida kitob mutolaasining yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, bilim va ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi.

Bizni kuzatishda davom eting!