Barcha yangiliklar
2-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMI VA KO‘MIR MAHSULOTI ZAXIRASI O‘RGANILDI
Gallery image 236729
Gallery image 236730
Gallery image 236731
Gallery image 236732
Gallery image 236733
Gallery image 236734
BEGMATOV SUNNATILLO SHADIYOROVICH
07 Sen 2026
10:10

2-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMI VA KO‘MIR MAHSULOTI ZAXIRASI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida deputat alohida e’tibor qaratgan yo‘nalishlar:
Ko‘mir mahsuloti zaxirasi:
Muassasaga yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotining hajmi, sifati hamda uni namgarchilikdan xoli va xavfsiz saqlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi;
Isitish tizimining shayligi:
Qozonxona qurilmalari, issiqlik tarmog‘i va xonalarning isitish tizimi holati tahlil qilindi;
Xavfsizlik va sharoitlar:
Bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun xonalarda issiqlik me’yorini ta’minlash hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi.
O‘rganish natijasida ko‘mir zaxirasini asrash va isitish tizimini mavsumga uzluksiz tayyor tutish bo‘yicha muassasa mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi. Masala deputat nazoratida.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati