Barcha yangiliklar
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 236693
Gallery image 236694
Gallery image 236695
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
09 Sen 2026
09:50

Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputatlari To‘lqin Qodirov hamda Islomiddin Allayarov tomonidan Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, xonadonlarda yong‘in hamda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, isitish moslamalaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.