Barcha yangiliklar
🔰Oydin mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
Gallery image 236676
Gallery image 236677
Gallery image 236678
Gallery image 236679
Gallery image 236680
Gallery image 236681
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
09 Sen 2026
00:00

🔰Oydin mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

🔰Oydin mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Muzaffarova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi J. Norovlar hamkorligida Oydin mahallasida obodonlashtirish va hududdagi maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish jarayonida mahallada chiqindilarni yig‘ish va belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish ishlarining tashkil etilganligi, chiqindi to‘planadigan hududlarning sanitar holati hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, mas’ullarga chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya va obodonlashtirish talablariga rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Bunday o‘rganishlar hududlarda ekologik va sanitar tozalikni ta’minlash, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.