Barcha yangiliklar
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Gallery image 236657
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
09 Sen 2026
09:48

Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Maxfuza Isroilova hamda Zarbdor tuman IIB rahbari Uyg‘un Sultonov tomonidan Sharq yulduzi mahallasida mahalla yettiligi va tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi xonadonlarida xavfsizlik choralariga rioya etish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish, aholi murojaatlarini nazoratga olish hamda mahallada mavjud muammolarni hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.