Barcha yangiliklar
🔰Jizzax shahar Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.
Gallery image 236630
Gallery image 236631
Gallery image 236632
Gallery image 236633
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
10 Sen 2026
09:19

🔰Jizzax shahar Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.

🔸Jizzax viloyati delegatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi doirasidagi uchrashuvlar hududlar bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda. Delegatsiyaning navbatdagi manzili Nukus tumani bo‘ldi.

🔸Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Sh.Otemisov ishtirok etib, tuman Kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, xalq vakillarining saylovchilar bilan doimiy muloqotini yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar ijrosini ta’minlash borasidagi amaliy tajribalar o‘rtoqlashildi. 

🔸Muloqot yakunida ikki hudud xalq deputatlari mahalliy boshqaruv va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha kelgusida ham doimiy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Delegatsiyaning xizmat safari davom etmoqda.