Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Gallery image 236610
Gallery image 236611
Gallery image 236612
Gallery image 236613
Gallery image 236614
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
10 Sen 2026
08:38

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Bugun Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi Uchqun Yelmuratov “Do‘stlik” mahallasida kambag‘allik reestrida turgan oilalar vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida 19 nafar fuqaroning bandlik, ta’lim, oilaviy sharoit va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

🤝 Murojaatlarni manzilli o‘rganish va amaliy yechim topish natijasida 6 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Jumladan, fuqarolar:
🔹 xususiy sektorga;
🔹 nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga;
🔹 kvota asosida sanoat korxonalariga ishga yo‘naltirildi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: joriy yil boshida “Do‘stlik” mahallasida 26 ta oila kambag‘allik reestriga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 7 ta oila reestrdan chiqarildi. Yana 6 ta oila vakilining murojaatlari bo‘yicha amaliy yechimlar topildi.

🔺 Deputatning fuqarolar bilan bevosita muloqot qilishi, muammolarni joyida o‘rganishi va ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yishi — aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.