Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Gallery image 236474
Gallery image 236475
Gallery image 236476
RAXMATULLAYEV XONDAMIR INOMJON O‘G‘LI
09 Sen 2026
18:37

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish jarayonida bank tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kredit mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy mexanizmlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, bank xizmatlaridan foydalanishda aholiga yaratilayotgan qulayliklar, kredit ajratish jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish vazifalari belgilab berildi.