Barcha yangiliklar
Senat Kengashi qarorlari targ‘iboti
Gallery image 27964
Gallery image 27965
Gallery image 27966
Gallery image 27967
Gallery image 27968
Gallery image 27969
Gallery image 27970
Gallery image 27971
Gallery image 27972
Gallery image 27973
Gallery image 27974
Gallery image 27975
RIZAYEV SHAVKATJON YO‘LCHIYEVICH
11 Fev 2025
20:05

Senat Kengashi qarorlari targ‘iboti

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan qabul qilingan mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi U.Axunov joriy yilning 7-12 fevral kunlari xalq deputatlari Jalaquduq, Xo‘jaobod, Shahrixon va Baliqchi tumanlari Kengashlari deputatlari va kotibiyat xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Ushbu uchrashuvlarda Jalaquduq, Xo‘jaobod, Buloqboshi, Shahrixon, Bo‘ston, Ulug‘nor, Baliqchi tumanlari mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-6–V, KQ-19–V, KQ-51–V, KQ-52–V, KQ-53–V, KQ-54–V va KQ-55–V-sonli qarorlarining mazmun mohiyati, ushbu qaror mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi hamda nazorat-tahlil faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingani yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida deputatlar qiziqtirgan savoolarga javoblar berildi, bildirilgan takliflar esa o‘rganib chiqish uchun yozib olindi.