Barcha yangiliklar
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
Gallery image 236336
Gallery image 236337
Gallery image 236338
Gallery image 236339
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
09 Sen 2026
18:16

FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir

FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi tashkilot va muassasalar faoliyati bilan tanishish, mavjud masalalarni o‘rganish hamda fuqarolarga yaratilayotgan shart-sharoitlarni baholash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda tuman Kengashi deputati U.Sayfiddinova deputat G.Ergasheva hududidagi Uch uyli mahallasida joylashgan tuman 1-sonli FHDYO bo‘limiga tashrif buyurib, muassasaning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tashrif davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, ish jarayoni va mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, aholi murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.