Barcha yangiliklar
AHOLI MUROJAATI TINGLANDI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO NAZORATDA
Gallery image 236268
Gallery image 236269
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
09 Sen 2026
18:04

AHOLI MUROJAATI TINGLANDI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO NAZORATDA

 AHOLI MUROJAATI TINGLANDI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO NAZORATDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova tomonidan Balxiyon mahallasi fuqarolarining murojaati tinglandi.
Murojaatda mahallaning Najmiddin Kubro ko‘chasida elektr kuchlanishi nihoyatda pastligi, buning natijasida aholi kundalik hayotida qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirildi.
📌 Murojaat yuzasidan mavjud holatni o‘rganish, muammoning sabablarini aniqlash hamda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalasi belgilandi.
Aholining murojaatlarini o‘z vaqtida tinglash, muammolarni tegishli tashkilotlarga yetkazish va ularning ijobiy yechimini nazorat qilish — xalq bilan ochiq muloqotning muhim mezonidir.