Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 236073
Gallery image 236074
Gallery image 236075
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
09 Sen 2026
16:23

Kengash_faoliyati

#_Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi.

Bandixon tumanida sanitar-gidrometeorologik hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash dasturlarini takomillashtirish hamda Kengash qarorlari ijro intizomini ta’minlash borasida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni joyida o‘rgandilar.

Monitoring davomida tuman hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini ko‘rib chiqish hamda tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-26-8-211-K/26-sonli “Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar va ma’lumotlar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi.