Barcha yangiliklar
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Gallery image 236057
Gallery image 236058
Gallery image 236059
Gallery image 236060
Gallery image 236061
Gallery image 236062
Gallery image 236063
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
09 Sen 2026
16:15

FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Reja-grafikka asosan, Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E.Karimov Andijon shahar 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Bekguzar” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy reestrga kiritilgan 36 nafar fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va ehtiyojlari bevosita tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, masalalarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish, ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarga yechim topish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.