Barcha yangiliklar
MA’RIFAT DARSI — YOSHLAR E’TIBORIDA
Gallery image 236020
Gallery image 236021
Gallery image 236022
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
09 Sen 2026
16:11

MA’RIFAT DARSI — YOSHLAR E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tashabbusi bilan Andijon shahar 1-son texnikumi o‘quvchilari ishtirokida “Yangi o‘quv yilida tarbiya, intizom va ma’rifat muhitini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida narkojinoyatlarning oldini olish” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, narkotik vositalarning salbiy oqibatlari, huquqiy savodxonlik, tarbiya va intizomning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Ochiq muloqot davomida o‘quvchilar bilan fikr almashilib, ularni zararli illatlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy immunitetini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar tarbiyasi va ularning kelajagi — doimo e’tibor markazida!