Barcha yangiliklar







OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
09 Sen 2026
16:10
Fuqarolar murojaatlari — e’tiborda
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tomonidan O‘zbekiston 20 yilligi MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari, takliflari va o‘ylantirayotgan masalalari tinglandi.
Bildirilgan har bir murojaat bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, masalalarni amaliy hal etish yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriqlar belgilandi.
Sayyor qabullar — aholi bilan bevosita muloqot qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashning muhim vositasidir.
Xojiakbar Xolmatov
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati