Barcha yangiliklar
Kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
Gallery image 235953
Gallery image 235954
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
09 Sen 2026
15:51

Kutubxonalar faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi F.Mamajonov va kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan Axborot kutubxona markazining Al-Xorazmiy mahallasida joylashgan ko‘chma kutubxona faoliyati o‘rganildi. O‘rganishda kutubxona xodimi M.Ro‘ziboyeva O‘zXDP shahar kengashi raisi J.Artiqbayev ishtirok etdi. Ko‘chma kutubxona haftaning seyshanba va juma kunlari faoliyat yuritadi. 3400 dona turli xil mavzudagi asosan boshqa tildagi kitoblar bo‘lib, oxirgi marta 2023-yili 200 dona bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar olingan. Kutabxonada kompyuter va internet tarmog‘i mavjud emas. Kitobxonlar uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan. O‘rganish yakunida tegishli tavsiyalar berildi.