Barcha yangiliklar
MAYDONBOZORDAGI UCHRASHUV: TASHABBUS VA IMKONIYAT
Gallery image 235916
Gallery image 235917
Gallery image 235918
Gallery image 235919
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
07 Sen 2026
00:00

MAYDONBOZORDAGI UCHRASHUV: TASHABBUS VA IMKONIYAT

Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati E.Karimov “Maydonbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

Muloqotlar davomida fuqarolarning aksariyati tayyor ko‘mak kutishdan ko‘ra, mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kichik biznesni yo‘lga qo‘yish va mustaqil daromad topishga intilayotgani namoyon bo‘ldi.

Shuningdek, ayrim fuqarolar o‘z loyihalarini amalga oshirish va biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur ko‘makka ehtiyoj borligini bildirdi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratishga xizmat qilmoqda.