Barcha yangiliklar
Navbatdagi sayyor qabul "Qo‘ng‘irot" mahallasida o‘tkazildi
Gallery image 27853
Gallery image 27854
Gallery image 27855
Gallery image 27856
Gallery image 27857
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
04 Fev 2025
14:47

Navbatdagi sayyor qabul "Qo‘ng‘irot" mahallasida o‘tkazildi

Navbatdagi sayyor qabul "Qo‘ng‘irot" mahallasida o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi. tuman hokimi Shuhrat Nazarov deputat R.Shamanov hamda tuman tashkilot rahbarlari navbatdagi ommaviy sayyor qabulini "Qo‘ng‘irot" mahallasidagi 31-sonli maktab hovlisida o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, jumladan, ijtimoiy masalalar, uy-joy, elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi va boshqa sohalarga doir murojaatlar bilan chiqishdi. 

Har bir murojaat tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida o‘rganilib, hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.Tuman hokimi aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Murojaatlarning bir qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklatildi.