Barcha yangiliklar
IJTIMOIY REESTR — IMKONIYATLAR VA KO‘MAK
Gallery image 235882
Gallery image 235883
Gallery image 235884
Gallery image 235885
Gallery image 235886
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
07 Sen 2026
00:00

IJTIMOIY REESTR — IMKONIYATLAR VA KO‘MAK

Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati E.Karimov “Shifokor” mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan muloqot-qabul o‘tkazdi.

Muloqot davomida fuqarolarga ijtimoiy reestr doirasida taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, reestrga kiritilish va undan chiqarilish tartibi hamda mavjud ko‘maklardan foydalanish shartlari tushuntirildi.

Shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik va biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga o‘qitish hamda barqaror daromad manbaini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.