Barcha yangiliklar
Deputatlar sport musobaqalarini o‘tkazishda faol ishtirok etmoqda
Gallery image 235853
Gallery image 235854
Gallery image 235855
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
05 Sen 2026
00:00

Deputatlar sport musobaqalarini o‘tkazishda faol ishtirok etmoqda

Joriy yilning 25–29-avgust kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida U-14 qizlar o‘rtasida chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan saralangan kuchli jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.

Musobaqada Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin bosh hakam sifatida ishtirok etib, musobaqaning belgilangan qoidalar asosida adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Sportni rivojlantirish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashda deputatlar ham faol ishtirok etmoqda.