Barcha yangiliklar
🏫 Mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi, sport zallari hamda ulardagi anjom va jihozlarning mavjudligi va holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Gallery image 235758
Gallery image 235759
Gallery image 235760
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
09 Sen 2026
14:49

🏫 Mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi, sport zallari hamda ulardagi anjom va jihozlarning mavjudligi va holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda

🏫 Mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi, sport zallari hamda ulardagi anjom va jihozlarning mavjudligi va holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda

⚽️ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 3-Oq ota saylov okrugi deputati Peysenov Erlan Adilbayevich, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan “Ko‘kmo‘yin” MFY hududidagi 41-sonli umumta’lim maktabi sport zali o‘rganildi.

🏀 O‘rganish davomida sport zalining holati, mavjud sport anjomlari va jihozlarning texnik sozligi, ularning yetarliligi hamda foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
O‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

📌 O‘rganishlar yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va mavjud sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!