Barcha yangiliklar
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI!
Gallery image 235736
Gallery image 235737
Gallery image 235738
Gallery image 235739
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
03 Sen 2026
00:00

PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI!

Rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafro‘z Qurbonova tashabbusi bilan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda dual ta’limning ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan o‘quvchilarni tashkilotlarga biriktirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda kelgusida mehnat bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, dual ta’lim imkoniyatlaridan unumli foydalanish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kelajakda munosib ish o‘rniga ega bo‘lishlari yuzasidan zarur tavsiya va yo‘nalishlar berildi.

Yoshlar bilan ochiq muloqot va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday tashabbuslar yoshlarning kelajagini mustahkamlashga xizmat qiladi.