Barcha yangiliklar
Dasturlar Ijrosi deputat nazoratida
Gallery image 235712
Gallery image 235713
Gallery image 235714
Gallery image 235715
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
09 Sen 2026
14:21

Dasturlar Ijrosi deputat nazoratida

Dasturlar Ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi "2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi PQ-393-sonli qarorining Baxmal tumanidagi ijrosi bo’yicha yangi qurilayotgan “Doʻstlik” MFY hududida qurilayotgan 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining binosida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
📌 Sifat va muddat: Qurilish ishlarining belgilangan standartlarga muvofiqligi va obʼektni oʻz vaqtida topshirish choralari koʻrildi.
📌 Sharoitlar: Kelajakda bolajonlarning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratiladigan shart-sharoitlar loyihasi tahlil qilindi.