Barcha yangiliklar
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — USTUVOR VAZIFA
Gallery image 235610
Gallery image 235611
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
09 Sen 2026
13:43

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — USTUVOR VAZIFA

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — USTUVOR VAZIFA
Baxmal tumanidagi Uzunbuloq MFYda tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev, tuman Kengashi deputati X.Norqulov, tuman hokimligi, mahalla yettiligi hamda o‘n yettiligi vakillari tomonidan xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Jarayon davomida har bir xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik darajasi, mavjud imkoniyatlari va muammolari o‘rganilib, fuqarolar bilan individual suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, mavjud salohiyatidan samarali foydalanishi va daromadlarini oshirishi uchun zarur imkoniyatlarni aniqlash hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Asosiy maqsad — har bir xonadonning daromadini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va farovon turmush sharoitini yaratish.