Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 235394
Gallery image 235395
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
09 Sen 2026
09:55

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
etish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Ochiq muloqotda yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy asosda hal etish yuzasidan fikr almashildi. Ayniqsa, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish va o‘z biznesini
boshlashiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar faoliyati nazoratga olinadigan bo‘ldi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi