Barcha yangiliklar



MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
09 Sen 2026
09:16
PQ-49-sonli qarorining bajarilishi nazoratda
PQ-49-sonli qarorining bajarilishi nazoratda
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi A. Radjabov, Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Erkinovlar Do‘stlik mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qaroriga asosan hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning sifati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.