Barcha yangiliklar
Deputat mahalla raislari bilan mahalladagi ijtimoiy-kommunal xizmatlardagi muammolarini hal etish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.
Gallery image 27766
Gallery image 27767
Gallery image 27768
Gallery image 27769
Gallery image 27770
EGAMBERDIYEV KOMILJON OLIMJONOVICH
11 Fev 2025
09:33

Deputat mahalla raislari bilan mahalladagi ijtimoiy-kommunal xizmatlardagi muammolarini hal etish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.

Bugun Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Nargiza Muhammadiyeva Yangiqo'rg'on tuman hokimligi majlislar zalida mahalla raislari bilan uchrashib, hududlardagi ijtimoiy va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni muhokama qildi.

Muloqot davomida aholining toza ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, chiqindilarni to‘plash hamda boshqa muhim xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla raislari o‘z hududlarida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini bildirdilar. O‘z navbatida, deputat ushbu masalalarni tegishli tashkilotlar bilan birga hal qilish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida deputat mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning tezkor hal etilishi bo‘yicha doimiy ish olib borish muhimligini qayd etdi.